BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI
Qo‘shko‘pir tumanidagi Madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirga sektor rahbarlari, Mudofaa ishlari bo‘limi xodimlari, sohaning fidoiy vakillari, nuroniy va faxriylar, harbiylar taklif etildilar.
Tadbirni tuman hokimi Shuhrat Axmedov o‘z tabrik so‘zi bilan ochib berdi va barchani sana munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.
So‘ng, Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini himoya qilayotgan sohaning bir guruh fidoyi vakillari tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tuman Madaniyat uyi xodimlari hamda jajji bolajonlar tomonidan tashkil qilingan betakror chiqishlar, diltortar navolar davraga yanada fayz, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar “Asaloy” to‘yxonasida yozilgan bayram dasturxoniga taklif qilindilar.
QO‘SHKO‘PIR TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI