BEMORLAR HOLIDAN XABAR OLINDI
Bemorlar, yakka yolg‘izlar, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, mehr-muruvvat ko‘rsatish xalqimizning ezgu qadriyatlaridan biri sanaladi.
Bugun Qo‘shko‘pir tuman hokimi Shuhrat Axmedov o‘z salomatligini tiklash maqsadida tuman tibbiyot markazi shifoxonasida davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldi.
Ular bilan dildan suhbatlashdi, shifoxonadagi dori-darmonlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, tibbiyot xodimlariga o‘z ishiga yanada mas'uliyat bilan yondashib, xalqimiz salomatligini mustahkamlash yo‘lida hamisha qalqon bo‘lishlarini bildirdi.
Sevinchoy JUMANAZAROVA,
QDU talabasi