BEMORLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

Bir-birovga mehr-oqibatli bo‘lish, saxovat va ezgulik amallarini ulashish azal-azaldan xalqimizning milliy qadriyatlaridan hisoblanadi. 

Yangi yil bayrami munosabati bilan Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuxrat Ahmedov hamda sektor rahbarlari tuman tibbiyot birlashmasida davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldilar. 

 Ularni bayram bilan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarni bildirdi va bayram sovg‘alari topshirdi.


Shifo istab davolanayotgan eldoshlarimiz bunday mehr-oqibatdan mamnunliklarini bildirishdi. 

QO‘SHKO‘PIR TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари