BUYUK MATEMATIKLAR YETISHIB CHIQSA AJAB EMAS!

Yaqinda Urganch shahar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida mental arifmetika bo‘yicha olimpiadaning Respublika saralash bosqichi  bo‘lib o‘tdi.Olimpiadada Qo‘shko‘pir tumanidan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan Mental arifmetika to‘garagi a'zolaridan 16 nafar o‘quvchi ishtirok etib, shundan 4 nafari oliy o‘rin, 11 nafari 1-2 o‘rin sohibiga aylandilar. 

Endi ular 22-oktabrda Toshkent shahrida 5 ta, ya'ni, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarboyjon davlatlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan olimpiadada  bellashadilar. 

Shuni ham alohida aytib o‘tish joizki, mazkur to‘garak a'zolarining 12 nafari 4-noyabrda Dubayda mental arifmetika bo‘yicha bo‘ladigan xalqaro olimpiadada ishtirok etadilar. 


Bilimdon yoshlarimizning kelgusi musobaqalarda ham oliy o‘rinlarni egallashlarida omad tilaymiz!


QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари