Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul
“Nuroniy” jamg‘armasi Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi tashabbusi bilan tumanda joylashgan “Nuroniylar maskani” binosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faoliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK 92-sonli qarorining ijrosi yuzasidan, tumanda istiqomat qilayotgan “Nuroniylar jamoatchilik kengashi” a’zolari, “Keksalar maslahati guruhi” rahbari, “Buvijonlar maktabi” rahbarlari faol nuroniylar ishtirokida sportning shaxmat, shashka va badiiy gimnastika turi bo‘yicha sport mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Shu bilan birga “Keksalar maslahati” guruhi, “Buvijonlar maktabi” a’zolarini ish samarodorligini oshirish va mahalla yettiligiga yaqindan yordam berish orqali, mahallada mavjud bo‘layotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish masalasi hamda “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyili bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.