Bolalar shodligi cheksiz!
Yangi yil har birimizga bir olam quvonch bag‘ishlaydi. Ayniqsa, bolajonlar bu bayramni o‘zgacha shod-u xurramlikda kutib olishadi.
Ularni xursand qilish, bayram kayfiyati ulashish maqsadida bugun Qo‘shko‘pir tumanida bayram tadbiri tashkil etildi, sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi.
Shu bilan birga, Xorazm viloyati "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari Sh.Berdiyev hamda Qo‘shko‘pir tumani hokimi Sh.Axmedov tomonidan tumandagi bolalarga Yangi yil sovg‘alari topshirildi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi matbuot xizmati