Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov qurilishga oid davlat dasturlari, budjet xarajatlarini optimallashtirish va boshqa dolzarb topshiriqlar ijrosi yuzasidan Qo‘shko‘pir tumanida o‘rganish olib bordi.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.12.2023-yildagi “2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-404-sonli qarori ijrosi bo‘yicha “Yovg‘ir” mahallasi hududida yangidan tashkil qilingan  “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilish obyektlari, tumandagi 2-sonli umumta’lim maktabi hamda 11-sonli va 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruktsiya qilish ishlari, yangidan qurilayotgan obyektlari o‘rganildi. 

Buyurtmachi va pudratchi tomonidan qurilish materiallari yetkazib berish, ishchi kuchi, maxsus texnikalar jalb qilish borasida ishlar sust tashkil etilganligi oqibatida qurilish kechikayotganligi tanqid qilindi.

Shuningdek, qurilishning har bir bosqichini ko‘rsatgan holda tarmoq jadvali ishlab chiqish zarurligi va ushbu muddatda qurilishni yakunlash, 2 smenada ish tashkil etish, ishchilarni rasmiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари