Bugun Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuxrat Ahmedov va sektor rahbarlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuxrat Ahmedov va sektor rahbarlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Qoʻshkoʻpir tumani sektor rahbarlari Oʻrtayop, Iftihor, Adolat, Gʻalaba, Uygʻur, Ittifoq, Oshoq qal’a, Xosiyon, Tagalak, Koʻnazey va Xayrobod mahallalaridagi yoshlar bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda dastlab mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z qobiliyati va salohiyatini namoyon qilishlari uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, yuridik kadrlarni tayyorlash borasidagi islohotlar xususida so‘z bordi.

 

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi ochiq muloqot tarzida davom etdi. Jarayonda yoshlarning muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi.

Mahallalarda oʻtkazilayotgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning orzu-istaklari, muammo va takliflarini o‘rganishda muhim omil bo‘lmoqda.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари