Bugun Qo‘shko‘pir tumanida tuman hokimi Shuhrat Axmedov probatsiyon guruhida turuvchi yoshlar va mahalla yoshlari uchrashuvi o‘tkazildi.

Bugun Qo‘shko‘pir tumanida tuman hokimi Shuhrat Axmedov probatsiyon guruhida turuvchi yoshlar va mahalla yoshlari uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda tuman hokimi hamda tegishli masullar o‘z nutqlarida yoshlarning kelajakdagi ulkan vazifalari va ularning mamlakat rivojidagi roli haqida to‘xtaldi.Tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va turli mavzularda fikr almashishdi. Uchrashuvda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish mavzusida suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ta’lim, tadbirkorlik va innovatsiya sohalaridagi imkoniyatlar, shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida ham atroflicha ma’lumot berildi. “Vatanga sodiq farzandlar” shiori ostida o‘tkazilgan bu uchrashuv yoshlarga ilhom bag‘ishlab, ularni yanada faol va tashabbuskor bo‘lishga undadi.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари