Davlat bayrog‘i — milliy g‘ururimiz timsoli!
Qo‘shko‘pir tumanidagi Az-Zamaxshariy nomli istirohat bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Davlat bayrog‘ining tarixi va uning O‘zbekiston mustaqilligi va suverenitetidagi ahamiyati haqida ma'ruzalar tinglandi, shuningdek, tuman markaziy ko‘chalarida "Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam" shiori ostida ommaviy piyoda yurish marafoni o‘tkazildi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi matbuot xizmati