Demokratik, huquqiy davlatimizning asosiy maqsadi xalqparvar davlat barpo etishdir

Inson sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari mustaqil sud orqali himoya qilinadi. Mamlakatimizda barcha sohalar kabi sud-huquq sohasida ham istiqbolli islohotlar amalga oshirilgani tahsinga munosibligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, sudlov faoliyatini raqamlashtirish kabi bir qator islohotlar samarasi o‘laroq fuqarolarning o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish borasida sudlarga murojaat qilishini liberallashtirish, muxtasar qilib aytganda odil sudlovga erishishni oshirish, sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashdagi o‘rni nihoyatda o‘ziga xos imkoniyatlarni yaratdi. Shuningdek, 2025 yil 11 martda “Aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1047-son Qonuni qabul qilinganligi fikrimizning yorqin ifodasi deyish mumkin. Mazkur qonun videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan sud majlislarida mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalanishning huquqiy asoslarini yaratish orqali protsessual qonunchilikni takomillashtirishdan ko‘zlab qabul qilingan qonunlardan biridir. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga aholining sud muhokamalarida masofadan turib ishtirok etishining belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini ta’minlash uchun ko‘rsatilgan shaxslarning yashash joyi, joylashgan yeri yoki turgan joyi bo‘yicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan yoxud ishni ko‘rayotgan sudning mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalanishning eng qulay sharoitlarini yaratdi. Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga o‘z huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi audio va videoyozuv orqali qayd etiladi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatib o‘tiladi. Ushbu Qonunning qabul qilinganligi jamiyatimiz taraqqiyoti va fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlashda, eng muhimi odil sudlovga erishish uchun zamin yaratadi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tuman sudining raisi F.Ismoilov Tergov sudyasi B.Ruzmetov
Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари