E ’ L O N

Urug‘lik boshoqli don urug‘chiligi bilan shug‘ullanuvchi subyektlar rahbarlari diqqatiga!

 

2024-yilning 15-iyulidan 15-avgust kunigacha Qo‘shko‘pir tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi binosida 2025-yil hosilidan urug‘lik boshoqli don urug‘chiligini yetishtirish huquqini qo‘lga kiritish uchun subyektlar o‘rtasida tender tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan fermer xo‘jaliklar rahbarlari quyidagi hujjatlar to‘plamini 2 nusxada tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida tuzilgan tanlov komissiyasiga taqdim qilishlari so‘raladi.

 

  1. Tender komissiyasi nomiga ariza;
  2. Fermer xoʻjaligi nomidan tilxat;
  3. Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limining ma’lumotnomasi;
  4. Fermer xo‘jaligi, uning rahbari va ishchi xodimlari to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  5. Irrigatsiya bo‘limi ma’lumotnomasi;
  6. Tuman O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi ma’lumotnomasi;
  7. Fermer xoʻjaligi rahbarining mutaxassisligi va ma’lumoti to‘g‘risida hujjat (diplom nusxasi);
  8. Fermer xoʻjaligi rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar);
  9. Fermer xoʻjaligida ishlayotgan urug‘chi hosilotning ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom nusxasi);
  10. Majburiyatdan ozod pul mablag‘i to‘g‘risida tegishli bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma;
  11. Tuman texnazorat inspeksiyasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma hamda mavjud texnikalarni texpasport nusxasi;
  12. Don korxonasiga 3 yil davomida xo‘jalik (fermer, korxona) g‘alla sotish bo‘yicha shartnomasining bajarilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.

 

Hujjatlarni qabul qilish 2024-yilning 15-avgust kuni 18:00 da to‘xtatiladi.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: +998(62) 32-95-647 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари