ERTA NIKOH-KELTIRAR TASHVISH
Bugun “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan Qo‘shko‘pir tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sayyora Xudayberganova boshchiligida 49-maktabda erta turmushni oldini olish va uning salbiy oqibatlari, kiyinish odobi, etika, estetika mavzularida davra suhbati tashkil etildi.
-Qizlar bilan uchrashuvni tashkil etishdan asosiy maqsad,-deydi Sayyora Xudayberganova,-jamiyatimizda erta nikoh natijasida yuzaga kelayotgan muammolarni oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik orqali sog‘lom va mustahkam oila muhitini shakllantirishdan iborat. Zero, oila sog‘lom bo‘lsa, jamiyat, mamlakat sog‘lom va qudratli bo‘ladi.
Haqiqatdan, bugungi kunda barcha e'tibor yoshlarning salomatligi va porloq kelajagiga qaratilar ekan, ular ma'nan va ruhan, jismonan sog‘lom bo‘lsalargina farovon turmushga erishiladi.
Uchrashuv so‘ngida maktabda qizlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI