Energetika xavfsizligi oyi
"Energetika xavfsizligi oyi" munosabati bilan Qo‘shko‘pir tumani Ayronko‘l mahallasida energiya va tabiiy gaz resurslarini tejash bo‘yicha targ‘ibot ishlari tashkil qilindi.
Seminarda elektr energiyasini va tabiiy gazni tejash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Unda mutaxassislar tomonidan quyosh panellarining afzalliklari, tadbirkorlik subyektlariga bo‘lib to‘lash sharti bilan hamda aholi xonadonlariga kredit mablag‘lari berilishi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi matbuot xizmati