Giyohvandlik umr zavoli

Xalq maqollarining birida: “Yomon bilan yo‘ldosh bo‘lma, Nodon bilan sirdosh”, deb bejiz aytilmagan.

Darhaqiqat, bu ro‘yi zaminda inson degan nom va shu bilan birga uning sha’ni, qadr-qimmati, or-nomusi har narsadan aziz! Biroq ana shu ulug‘ va qutlug‘ nomga dog‘ tushirayotganlar ham oramizda borligini aslo inkor etib bo‘lmaydi. Zero, inson taraqqiyoti yo‘liga tahdid tug‘diruvchi eng salbiy illatlar hali-hamon davom etmoqda. Shuni alohida, ta’kidlash joizki, transmilliy jinoyatchilikning uchta eng havfli turi insoniyat taqdiriga havf solib kelmoqda. Ayniqsa, xalqaro terrorizm, din niqobi ostidagi ekstremistik, fundamentalistik va separatistik xurujlar, narkotik moddalar bilan savdo qilish, odam savdosi kabi ko‘rinishlarga ega bo‘lib, bularni barchasi o‘ta og‘ir jinoyatlar tasnifiga kiradi. So‘ngi paytlarda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqotlarga qaramay zahri qotil moddalar tuzog‘iga ilinib, unga asir bo‘layotgan shaxslar tabora avj olib borayotganini ortiqcha izohlashga aslo hojat yo‘q. Uzoq yillardan buyon hali-hanuz davom etib kelayotgan o‘sha zahri qotil domiga tushib qolganlar orasida har xil yoshdagi erkak va ayollarning borligi achinarli.

Giyohvand moddalar inson organizmini butunlay ishdan chiqarib, uning ma’naviy ruhiy dunyosiga jiddiy putur etkazadi. Unday zahri qotil narsalarga duchor bo‘lgan, ya’ni ruju qo‘ygan kimsalar o‘z hayot tarzi o‘zgarib, odamlar orasida obro-etiborini yo‘qotib, ko‘pchilik nazdida va nazarida o‘ta havfli shaxs bo‘lib ko‘rinaveradi.  

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Qo‘shko‘pir tuman sudining raisi                                                       F.Ismoilov


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари