HOKIM QABULI: HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA

Bugun Qo‘shko‘pir tumani hokimi, 1-sektor rahbari Shuhrat Axmedov, tuman prokurori, 2-sektor rahbari Bobirbek Matrasulov va tuman Xalq qabulxonasi mudiri Baxtiyor Matnazarov ishtirokida “Qadriyat” mahallasida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida har bir fuqaroning murojaati tinglandi va ularning turli muammolari — uy-joy bilan ta’minlanish, moddiy yordam olish, imtiyozli kreditlar, yer munosabatlari kabi masalalar bayon etildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal qilindi, vaqt talab qiluvchi muammolar bo‘yicha esa tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Qo‘shko‘pir tuman hokimligi matbuot xizmati


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари