HOKIM QABULI: MUAMMOLAR YECHIMIGA YO‘L

Bugun Qo‘shko‘pir tumani hokimi Boburbek Egamov o‘zining navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi. 
Unda jami 22 nafar fuqaro o‘z murojaatlari bilan qatnashdilar. Shundan 12 nafar fuqaroning kadastr, dori-darmon uchun moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, ko‘mir masalasi bilan bog‘liq  muammolar shu yerning o‘zida ijobiy yechimini topdi.  


Shuningdek, kredit, tadbirkorlik tashkil qilish  va uy joy qurish uchun  yer ajratish, yo‘llarni ta'mirlash kabi 6 ta murojaat o‘rganib chiqib, hal qilinishi yuzasidan hokim tomonidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.  4 ta murojaat bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi. 
  
QO‘SHKO‘PIR TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари