HOKIM TASHRIFI: "HAR BIR OILA BILAN ALOHIDA SHUG‘ULLANILADI"
Qo‘shko‘pir tuman hokimi, 1-sektor rahbari — Shuhrat Axmedov mazkur sektorga qarashli "Tagalak" mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoya yagona reestriga kirgan oilalar bilan uchrashish maqsadida ular yashab turgan xonadonlarga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida xonadon a‘zolarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, yashash sharoiti, turmush tarzi bilan yaqindan tanishildi.
Uchrashuvda tuman hokimi Sh.Axmedov ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan har bir oila bilan alohida shug‘ullanilishi, ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilash, daromadini oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini alohida ta‘kidlab o‘tdi.
Mazkur uchrashuvdan asosiy maqsad — ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalarning moddiy daromadini oshirish, ularni ish bilan ta‘minlashdan iborat.
Qo‘shko‘pir tuman hokimligi matbuot xizmati