HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI  savol-javoblarga boy bo‘ldi

HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI 
savol-javoblarga boy bo‘ldi

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha joylarida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida "Yoshlar oyligi" o‘tkazib kelinmoqda. 

Bugun Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuxrat Ahmedov va yoshlar ishtirokida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tuman hokimi 2023-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, yoshlar bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, galdagi rejalar to‘g‘risida axborot berib o‘tdi. 
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan savol va takliflari bilan ishtirok etdilar. 
Tadbir so‘ngida yoshlarning iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘makchi bo‘layotgan yoshlar yetakchilariga sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, berilgan savollarga to‘g‘ri javob bergan yoshlar rag‘batlantirildi.

 

QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари