Hokim va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Bugun Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuhrat Axmedov va sektor rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan tumandagi bunyodkorlik ishlari xususida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Sh.Axmedov Qo‘shko‘pir tumanida qilingan, qilinayotgan va rejadagi ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi. 

“Bugungi kunda tumanimizda olib borilayotgan har bir bunyodkorlik ishlari, avvalo, inson ehtiyoji uchun, unga yetarlicha qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda, xususan, siz yoshlarga yaratilayotgan ishlar zamirida ham bunyodkorlik sohasi birinchilardan bo‘lib turibdi”, – deydi tuman hokimi.

Mazkur tadbir davomida yoshlar savollariga javob olishdi, hamda mazkur soha bo‘yicha o‘z talab va takliflarini bildirishdi. 

Qo‘shko‘pir tuman hokimligi matbuot xizmati 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари