Ishlab chiqilgan master-rejalar bilan tadbirkorlar tanishtirildi

Bugun tuman hokimligi binosida yangi ishlab chiqilgan master-rejalarni tadbirkorlarga tanishtirish maqsadida Qo‘shko‘pir tuman hokimi o‘rinbosarlari Sirojbek Pirnapasov va Murodbek Qutlimurotovlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

 

Unda tumanning qurilish, xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishini yanada kuchaytirish uchun investitsiyalarni jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi. 

 

Tadbirda, shuningdek, biznesni qo‘llab-quvvatlash va samarali investitsiya muhiti yaratish maqsadida bir qator tashabbuslar ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlar savollariga javob olish barobarida o‘zlarining takliflarini ham bildirishdi.

 

Qo‘shko‘pir tumani hokimligi matbuot xizmati

 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари