KASB-HUNARGA O‘QITISH MARKAZI BUGUNGI KUNDA...

 
Mamlakatimizda ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni kasb-hunarga o'qitish, tadbirkorlikka yo'naltirish orqali ularning turmush darajasini yuksaltirishga erishish ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu borada Qo'shko'pir tumanida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tumandagi Qo'shko'pir kasb-hunarga o'qitish markazi 2022 yildan buyon:
Yosh bolalar uchun enaga, tarbiyachi yordamchisi.
Issiqxona va limonariya
Yosh bolalar uchun enaga, Keksalarni parvarishlovchi mutaxassis
Payvandlovchi
Tikuvchilik
 
 
 
Kompyuter operatori
Oshpaz - qandolatchi
 
 
 
Ayollar sartaroshi
Zamonaviy pardalar tikuvchi dizayneri
Chilangarlik va santexnika ishlari ustasi
Elektrik
yo'nalishlari bo'yicha ishsiz aholini kasb-hunarga o'qitish faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Hozirgi kunda markazda 286 nafar tinglovchilar malakali pedagoglar tomonidan kasb-hunarga o'qitilib, zarur kasbiy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lmoqdalar.
2023-yil davomida tuman bo'yicha markazni tugatib, mehnat faoliyatini davom qildiruvchi kasb-hunar diplomi darajasiga tenglashtirilgan davlat namunasidagi sertifikatga ega bo'lgan 1084 nafar bitiruvchilarning 985 nafarini bandligini ta'minlanishiga erishildi. Bu esa o'z navbatida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash sohasidagi yaratilgan sharoitlarning yaqqol namunasidir.
QO‘SHKO‘PIR TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари