KO‘KALAMZORLASHTIRISH TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Qo‘shko‘pir tumanining barcha joylarida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chat o‘tqazish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Bugun anashunday ko‘chat o‘tqazish jarayonida tuman prokuraturasi xodimlari tashabbus ko‘rsatdilar va Polvon mahallasidagi 2 gektar yer maydoniga 2000 tup manzarali va mevali ko‘chatlar o‘tqazdilar.
Ushbu jarayonga tuman hokimi Shuhrat Axmedov va tuman prokurori Bobirbek Matrasulovlar ham o‘z hissasini qo‘shdilar.
Ezgu niyatlar ila nihol qadagan tadbir ishtirokchilari, vaqti kelib ushbu nihollar yaxshi hosil berishini tiladilar.
Sevinchoy JUMANAZAROVA,
QDU talabasi