KO‘P KVARTIRALI UYLARda ta'mirlash ishlari olib borildi
Qo‘shko‘pir tumanida 2023-2024 yillarda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida ko‘p kvartirali uylarda ham amaliy ishlar olib borildi.
Tumanda 75 ta ko‘p kvartirali uylar mavjud bo‘lib, shulardan 71 tasiga “Qo‘shko‘pir porloq kelajak” MChJ boshqaruv tashkiloti xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 4 ta ko‘p kvartirali uylar 2022 yilda qurilib foydalanishga topshirildi.
Tumanda boshqaruv tashkiloti mablag‘lari hisobidan 5 ta uyni fasad, kirish yo‘lak, framuga va elektr shitlarini joriy ta'mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kun holatiga 4 ta uyning, fasad, kirish yo‘lak va elektr shitlari joriy ta'mirlandi.
Tumandagi 75 ta ko‘p kvartirali uylarning 39 tasi tom qismi ta'mirlandi, 22 tasi shifer va 14 tasi folga-izol bilan qoplandi. Ushbu uylarning barchasining tom qismi va tarnovlari texnik holati xatlovdan o‘tkazildi va aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilindi. Hozirgi paytda tom qismlarining texnik holati yaxshi, yomg‘ir o‘tish holatlari mavjud bo‘lmaydi.
235,5 mln so‘m Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan 5 ta uyni tutash hududlarini obodonlashtirish, jumladan, ko‘p kvartirali uylar hududida 1 ta bolalar maydonchasi, 8 ta yoritish tizimi, 105 p.m irrigatsiya tizimini qurish, 600 m2 piyodalar yo‘lakchalarini betonlashtirish bo‘yicha manzilli dastur shakllantirilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda loyihalash ishlari olib borilmoqda.
QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI