KORRUPSIYA — TARAQQIYOT KUSHANDASI

Bugun dunyo mamlakatlari qatori bizning Vatanimizda ham korrupsiya illatiga qarshi keskin va murosasiz munosabatni shakllantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, kecha Qo‘shko‘pir tuman hokimliging katta majlislar zalida "KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qo‘shko‘pir tumani prokurori Bobirbek Matrasulov, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Baxtiyor Ermetovlar so‘zga chiqib, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturlarining qabul qilinganligi yurtimizda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar samaradorligini oshirish xususida batafsil to‘xtaldilar.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinganligi bu boradagi izchil sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘lib, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, eng yuqori darajadagi qulay investisiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imidjini oshirish va mustahkamlashga qaratilganligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари