Kimlar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazadi

Mamlakatimizda oxirgi marotaba aholini ro‘yxatga olishning o‘tkazilganiga 30 yildan oshdi. Bu vaqt oralig‘ida ro‘yxatga olishning standartlari, mexanizmlari va metodologiyasi tubdan o‘zgardi. Buni shu kungacha o‘zlarida tadbirni o‘tkazgan davlatlar tajribasidan ham yanada yaqqolroq  ko‘rish mumkin.

Bugungi kunda olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlari mazkur tadbirning har bir mayda elementigacha puxta rejalashtirishni taqozo etmoqda. Aholini ro‘yxatga olishning ishtirokchilari bo‘lgan ro‘yxatga oluvchilarni tanlash masalasi ham nihoyatda dolzarbdir. Chunki turli toifadagi respondentlar (ro‘yxatga olinuvchi shaxslar) bilan bevosita muloqotga kirishib, belgilangan so‘rovnomalar bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish aynan ularning zimmasidagi vazifa sanaladi va ma’lumotlarning to‘g‘riligiga ular bevosita mas’uldirlar. Bu jarayonga jalb etiladigan xodimlar turli yoshda va har xil kasb egalari bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, tadbirga, birinchi navbatda, Davlat statistika qo‘mitasi va uning viloyat, shahar va tuman bo‘limlari xodimlari, statistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, shuningdek, tayanch doktorantlar jalb etilishi maqsadga muvofiq. Bevosita aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlanishi avvalida barcha ro‘yxatga oluvchilar ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, ro‘yxatga olish hujjatlari tarkibi va uni to‘ldirish tartibi, ro‘yxatga oluvchi xodimlarning vazifalari, axloq normalari, respondentlar so‘rovini o‘tkazish, kelib chiqadigan barcha qiyinchiliklarni aniqlashtirish bilan muammoli masalalarni muhokama qilish, texnika xavfsizligi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda maxsus o‘qitiladi va tayyorgarlikdan o‘tkaziladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, jarayonga 150 mingdan ortiq xodimlar jalb qilinishi rejalashtirilgan. 

 

         Xorazm viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари