Konstitutsiya- baxtimiz poydevori.

Konstitutsiya- baxtimiz poydevori.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi va Yoshlar oyligi munosabati bilan tuman axborot kutubxona markazida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi hamkorligida "Konstitutsiya- baxtimiz poydevori" mavzusida bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda oʻquvchi-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni qonunlarni bilish, hurmat qilish ruhida tarbiyalash maqsadida Konstitutsiya haqida tushuncha va maʼlumotlar berib oʻtildi. Ishtirokchi yoshlar bilan Konstitutsiya moddalari boʻyicha savol- javoblar qilindi. Ulugʻ sanaga bagʻishlab sheʼrlar, kuy qoʻshiqlar ijro qilindi. Tadbir davomida "Bizning Konstitutsiyamiz" loyihasi ham oʻtkazildi. Bayram tadbirining eng yosh ishtirokchisi Anushaxonning faolligi barchada katta taassurot qoldirdi.
"Konstitutsiya va qonun ustuvorligi- farovon hayot garovi" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi ham tashkil qilindi. Tadbirda barcha yoshlarimiz faol ishtirok qilib, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

ҚЎШКЎПИР ТУМАН ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари