Konstitutsiya- faxrimiz, gʻururimiz.

Konstitutsiya- faxrimiz, gʻururimiz.

Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch- osuda , farovon hayotini taʼminlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini keng targʻib etish,  yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuygʻusini mustahkamlash maqsadida 10- son bolalar musiqa va sanʼat maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya-faxrimiz, gʻururimiz" mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan yoshlarimiz faol ishtirok qildilar. Tanlov doirasida oʻquvchi- yoshlarimiz bilan Konstitutsiya haqida oʻzaro savol- javoblar ham oʻtkazildi.
Tadbirda faol ishtirok qilgan yoshlarimiz Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

 ҚЎШКЎПИР ТУМАН ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари