Korrupsiya – eng xavfli illat

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev imzolagan dastlabki hujjatlardan biri bu – “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunidir. 
Mazkur qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabr kuni qabul qilingan bo‘lib, Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma’qullangan. Ushbu  qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Shunday ekan, davlatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini  bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat bo‘lib, ular: O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentidir. 

Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligini oliy darajaga ko‘tarish, yanada samarali davlat boshqaruvini joriy etish, o‘z vaqtida korrupsiyaviy holatlarga barham berish, eng avvalo, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi ezgu ishlar samarali tarzda amalga oshirilib kelayotganini ta’kidlash o‘rinli. 
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan eng ustuvor g‘oya  “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak!” – degan tamoyili zamirida aziz va dono xalqimizning manfaatlari ko‘zlanib, xalqimiz uchun yanada keng imkoniyatlar yaratilayotganidan  darak desak aslo mubolag‘a emas.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tuman sudining raisi F.Ismoilov


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари