Korrupsiya azaldan jamiyat taraqqiyotiga g‘ov bo‘luvchi illat
Korrupsiya azaldan jamiyat taraqqiyotiga g‘ov bo‘luvchi illat
Insoniyat tarixi va taqdirida eng salbiy illatlardan biri – bu Korrupsiya balosi ekanligi barchamizga ayon.
Korrupsiya va poraxo‘rlik nafaqat jamiyat a’zolarini, balki mamlakatning ham tanazzulga yuz tutishiga zamin yaratadigan eng yovuz illatlardan biri ekanini aslo inkor etib bo‘lmaydi. Korrupsiya balosi hozirgi davrda aksariyat davlatlarda dolzarb muammolardan biri ekanini e’tirof etish mumkin.
Shu boisdan davlatimiz rahbari, muhtaram Shavkat Mirziyoyev Miromonovich imzo chekkan dastlabki hujjatlardan biri bu “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunidir. Demak, bundan ko‘zlangan eng asosiy maqsad mustaqil diyorimizda bu kabi salbiy illatlarga barham berish, haqiqatni qaror topishiga zamin yaratishdan iboratdir.
Mazkur qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabr kuni qabul qilingan bo‘lib, Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda ma’qullangan. Prezidentimiz shaxsan o‘z tashabbusi bilan 2017 yil 3 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, u qonun 34 moddani o‘z ichiga oladi.
Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, har qanday turdagi jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasida tizimli chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilib borilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan. Unday jinoyatni sodir etgan kimsalarga nisbatan davlat tamonidan qilmishiga yarasha jazo choralari qo‘llanilib kelinmoqda.
Dono xalqimizda: “O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas”, yoxud “O‘rgangan qiliq o‘lganda qolar”, – degan hikmatli ibora bejiz aytilmagan. Yurtimizda bu kabi jinoyatlar bilan muttasil, qizg‘in kurashib, uni oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilib kelishiga qaramasdan ayrim mansabdor kimsalar tomonidan aynan korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarni sodir etayotganlik holatlari ham uchrab turganini aslo inkor etib bo‘lmaydi. Zero, o‘zida shunga moyillik xissi bor bo‘lgan ayrim shaxslar tezda, unday kimsalar tuzog‘iga ilinib qolishiga zarra ham shubha yo‘q. Bularni bari davlatimiz qonunlarini yaxshi bilmaganliklari va bilsa ham amal qilmaganliklari oqibatida yuz berishi turgan gap. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, fuqarolarimizning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish borasida ommoviy axborot vositalari va matbuotlar muhim ro‘l tutmoqda. Shunday ekan, davlatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat bo‘lib, ular: O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentidir.
Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligini oliy darajaga ko‘tarish, yanada samarali davlat boshqaruvini joriy etish, o‘z vaqtida korrupsiyaviy holatlarga barham berish, eng avvalo aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi ezgu ishlar samarali tarzda amalga oshirilib kelayotganini ta’kidlash o‘rinlidir.
Muzaffar Samandarov,
Xorazm viloyat sudining jinoyat ishlari
bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi