MAHALLADA DUV-DUV GAP tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda
Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni xalqimizga yetkazish, yosh avlodni yurtga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Qo‘shko‘pir tumanidagi barcha mahallalarda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, bugungi tadbirlar Zarbdor, Iftihor, Tegalak, Dovud, Kenagas, Oltinvoha, Ko‘ktom, Qoramon, O‘zbekiston, Yovg‘ir mahallalarida bo‘lib o‘tdi.
So‘zga chiqqan targ‘ibotchilardan deputat Sarabibi Matyaqubova, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali tibbiy profilaktika, sog‘liqni saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Doniyor Otajonov, tibbiy profilaktika, sog‘liqni saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar fakulteti xodimi Sog‘indiq Jabbarovlar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorliklar negizida inson manfaati ustuvor ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar, mavzu yuzasidan tushuntirishlar olib bordilar.