MATBUOT ANJUMANI TASHKIL ETILDI
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi kichik zalida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Matbuot anjumani tashkil etildi.
Matbuot anjumanida tuman hokimining o‘rinbosari Hurmatbek Ibragimov so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan OAV xodimlariga axborot berdi.
Berilgan axborotlar yuzasidan kelib chiqib jurnalist va blogerlar o‘z savollariga atroflicha javob oldilar.
Anjumanda idora va tashkilot rahbarlari ham qatnashdilar.