MEHR-E'TIBORDAN KO‘NGILLAR SHOD BO‘LDI
-Bugun xursandchiligimning chegarasi yo‘q - deydi Polvon mahallasida istiqomat qiluvchi jismoniy imkoniyati cheklangan 85 yoshli otaxon Madrim Abdusharipov. - Men nogironlik nafaqasida bo‘lsam ham o‘zimni ruhan hech qachon nogiron his qilmaganman. Sababi, menga kuch-quvvat, ruhan tetiklik bag‘ishlab turuvchi insonlar bor. Mana bugun ham sovg‘a-salomlar bilan xabar olishgani kelishdi.
Ana shunday bir-biriga mehr-muruvvat ko‘rsatuvchi, oqibatli va saxovatli insonlar borki, bu ezgu odatlarimiz azaldan qonimizga singib, milliy qadriyat, betakror an'analarimiz sifatida tarannum etib kelinmoqda.
3-dekabr- "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Qo‘shko‘pir tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Zafarbek Matnazarov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari Xonabod, Polvon, Gulzor mahallalaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslar sog‘ligidan xabar oldilar.
Bayram bilan tabriklab, sovg‘alar topshirdilar.
QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI