MUAMMOLAR YECHIMIGA E’TIBOR QARATILDI
Bugun Qo‘shko‘pir tuman hokimi Shuxrat Ahmedov O‘rtayop mahallasida bo‘lib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammo va masalalarini tingladi. Takliflarini o‘rgandi.
Sayyor qabulda Xalq qabulxonasi mudiri Rajabboy Karimov, shuningdek, tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.
Sayyor qabul jarayonida bildirilgan murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etiladigan masalalar yuzasidan o‘rganish va ijobiy yechimini topish bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.
Ijrosi esa hokim tomonidan nazoratga olindi.
QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI