MUROJААTLАR YECHIMIGА EʼTIBOR QАRАTILDI 

Bugun Qo‘shko‘pir tumani hokimi Boburbek Egamovning navbatdagi fuqarolar qabuli boʼlib oʼtdi. 


Unda fuqarolar tomonidan tadbirkorlik uchun kredit, uy-joy va yoʼllarni taʼmirlash, moddiy yordam, toza ichimlik suvi, isitish tizimi bilan bog‘liq bir qancha masalalar bildirildi. 


Shuningdek, tuman hokimining oldingi qabullarida oʼz murojaatlari bilan ishtirok etgan baʼzi fuqarolar murojaatlari hal bo‘lganini aytib, minnatdorlik bildirishdi. 

           -Tadbirkorlik uchun yer masalasi bilan murojaat qilgandim. Tegishli tashkilotlar tomonidan bildirilgan tushuntirishlardan soʼng auksionda ishtirok etib yer maydoni yutib oldim,-deydi Qoravul mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Diyorbek Solaev. - Ikkinchi masalam elektr toki o‘tkazish edi. Hokim topshirig‘idan so‘ng shu kunning o‘zidayoq muammoim hal bo‘ldi. Biz kabi fuqarolar dardini tinglab, mushkulini oson qilayotgan rahbarlarga tashakkurimni bildiraman.

Bunday minnatdorlik so‘zlari boshqa fuqarolar tomonidan ham tilga olindi.


Bugungi qabulda ham asosiy eʼtibor muammolar yechimiga qaratilar ekan, ayrim masalalar joyida hal qilindi, ayrimlarini hal qilish yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga hokim tomonidan topshiriqlar berildi, bajarilish muddati nazoratga olindi. 

QO‘SHKO‘PIR TUMАNI HOKIMLIGI АXBOROT XIZMАTI


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари