Madaniyat va san’at xodimlari kuni
Bugun Qo‘shko‘pir tumani hokimligi binosida "15 aprel — Madaniyat va san’at xodimlari kuni!" munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Unda madaniyat bo‘limi va unga qarashli joylardagi madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari, san’atkorlar va madaniyat sohasida uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Matnazarov va tuman hokimi o‘rinbosari H.Ibragimov barcha sohasi fidoyilarini kasb bayramlari bilan tabrikladilar va hokimlikning tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alarini topshirdilar.