Mahallalar yettiligi bilan uchrashuv

Qo‘shko‘pir tuman prokurori, 2-sektor rahbari Bobirbek Matrasulov sektor hududiga kiruvchi Polvon, O‘rta qishloq, Nezaxos, Ko‘ktom, Oltin voha, Xonobod va Qadriyat mahallalarining yettiligi bilan uchrashdi.

Muloqot davomida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab olish, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Temir daftar" hamda ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolarni o‘rganib chiqish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, kredit va subsidiyalar ajratilishida ko‘maklashish, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz aholini kasb-hunar, shuningdek, tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Shu bilan bir qatorda, migratsiyada yurgan fuqarolarni Vatanimizga qaytarish, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish choralarini ko‘rish, uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Tuman prokurori faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hamda lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmayotgan ayrim mahallalar yettiligini qat’iy ogohlantirdi.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари