Mahallalar yettiligi faoliyati

Qoʻshkoʻpir tumani prokurori Bobirbek Matrasulov 2-sektor hududidagi Shixmashxad, Oʻzbekiston, Kenagas, Qoromon va Zarbdor mahallalari yettiligi faoliyatini tanqidiy-tahliliy muhokama qildi.

Uchrashuv davomida tuman prokurori tomonidan “Sayhunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar, mahalla yettiligining faoliyati, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyati va fuqarolarni oʻzini-oʻzi band qilish, yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, kasb-hunarga oʻrgatish, ajrimlar va oilaviy zoʻravonliklarni oldini olish bo‘yicha topshiriq va koʻrsatmalar berdi.  

Shuningdek, mahalla yettiligi faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar, takliflar va fikr mulohazalari tinglandi.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари