Media-tur
Qo'shko'pir tumanida ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar uchun navbatdagi media-tur o‘tkazildi. OAV vakillari tumandagi ishlab chiqarish va oilaviy korxonalar faoliyati bilan tanishdilar.
Shuningdek bugun tumanda yoshlar va ayollar uchun o‘quv kurslari tashkil etilgan Tikuvchilik korxonasi hamda Qo‘shko‘pir kasb-hunarga o‘qitish markazida media-tur bo‘lib o‘tdi. Unda tikuvchilik, ayollar sartaroshchiligi va oshpaz-qandolatchilik sohasida ta’lim olayotgan tinglovchilar ish faoliyati o‘rganilib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
Ayni vaqtda tikuvchilik bo‘yicha uchta bir oylik va bitta uch oylik kurs tashkil etilgan bo‘lib, unda jami 50 nafar yoshlar va xotin-qizlar ta’lim olishmoqda. Bu yerda o‘qish jarayonida tinglovchilarga ayollar liboslarini bichishdan to tayyor kiyim holigacha bo‘lgan jarayonlar o‘rgatilib kelinmoqda. Bitiruvchilar esa kasb sirlarini mukammal egallab, sertifikat olgach o‘zlari mustaqil ish boshlari uchun keng imkoniyatlar berilgan mamnun holda ta’lim olishmoqda.
Qo‘shko‘pir kasb-hunarga o‘qitish markazida o‘z bilimini oshirayotgan tinglovchilar bugungi kunda nafaqat qo‘li shirin pazanda uy bekasi, balki, xalqqa xizmat ko‘rsatish, eldoshlarimizning quvonchli kunlarida turfa xil salatlar, taom va pishiriqlar tayyorlab, o‘z tadbirkorligi keng yo‘lga qo‘yishni maqsad qilishgan. Hozirgi kungacha 85 nafardan ortiq tinglovchi bu yo‘nalish bo‘yicha o‘qishni tamomlab, sertifikatlarga ega bo‘lgan.
Ayollar sartaroshi yo‘nalishi bo‘yicha Qo‘shko‘pir kasb-hunarga o‘qitish markazida ta’lim olayotgan xotin-qizlar 2023-yilda 50 nafardan ortiq xotin-qizlar ushbu yo‘nalishni tamomlab, sertifikatga ega bo‘ldilar. Bugungi kunda bandligini ta’minlagan holda o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar.