Media-tur tashkil etildi.
Qo‘shko‘pir tumanida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun “Hudud iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining o‘rni, sohaga investitsiyaviy loyihalarning tadbiq etilishi mavzusida Media-tur tashkil etildi.
Tadbir jarayonida tuman hokimining o‘rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Zafarbek Matnazarov, tumani hokimi o‘rinbosari, Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Murodbek Qutlimuratov Murodbek, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, hokim o‘rinbosari Sayyora Xudayberganovalar ishtirok etdilar.
Ular tumandagi Dovud mahallasidagi limonchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxonaga borib, u yerda olib borilayotgan ish jarayonlari, yangi ekilgan ko‘chatlarning parvarishlanishi, eksport salohiyati xususida batafsil ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.
Prezidentimizning 2020 yil 19 fevraldagi “Limonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan bugungi kunda ushbu issiqxonada amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ushbu issiqxonaning ishga tushirilishi natijasida aholining kambag‘al qatlamini kambag‘allikdan chiqishiga, iqtisodiy tomondan yuksalishiga kambag‘al oila sifatida ro‘yxatda turganlar sonini ham keskin kamayishiga zamin yaratildi.
Medi-tur ishtirokchilariga issiqxonalarni qurish tartiblari, ekiladigan limon ko‘chatlarining parvarishi hamda olinadigan foydalar haqida tushunchalar berilib, mahalliy jurnalistlar va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
QO‘ShKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI