Mening mahallam – mening sudyam

Mening mahallam – mening sudyam

Bugungi kunda sud-huquq tizimidagi yangiliklar, yangidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda qonunlarning mazmun-mohiyatini xalqqa yetkazish, ularning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, “Mening mahallam  -  mening sudyam” g‘oyasi asosida barcha joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.  

 Qo‘shko‘pir tumani “Oshoqqal’a” mahallasidagi Madaniyat markazida ham yuqoridagi g‘oya asosida sayyor uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda korrupsiya, kiberxavfsizlik jinoyati, odam savdosi va uning ayanchli oqibatlari mavzusida maruzalar o‘qildi. Sayyor uchrashuvda aholi muammolari o‘rganilib, ularning murojaatlari ham tinglandi.    Uchrashuvga kelgan fuqarolar sud-huquq sohasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javob oldilar.

 

Xorazm viloyat sudining sudyasi M.Samandarov


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари