Musobaqa

Yoshlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakillantirish va ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish maqsadida sportning voleybol turi bo‘yicha 2008-2009 va undan kichik yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida Qo‘shko‘pir tuman sport maktab kubogi musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Musobaqada Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Andijon, Jizzax va Qoraqalpoqistondan kelgan jamoalar ishtirok etmoqda.

Musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad voleybol sporti sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) orqali milliy terma jamoalar zahirasini mustahkamlash, yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sportchilar orasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlashdir.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари