O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 32 yoshda!

Qo‘shko‘pir tumanida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. 

 

Unda tuman hokimi Shuhrat Axmedov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganiga 32 yil to‘lishi munosabati yurtimiz ahlini samimiy muborakbod etdi.

 

"Bosh qomusimizning har bir  moddasi biz uchun dasturilamalga, hayotimiz qoidasiga aylanishi zarur deb bilaman. Muhtasar qilib aytganda, fuqarolarimiz qonunlarni buzishdan ko‘ra, ularga amal qilishdan manfaatdor bo‘lishlari lozim" — deya ta’kidladi tuman hokimi Shuhrat Axmedov.

 

Mazkur tadbir ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Konstitutsiyamizning 32 yilligi tumanimiz bo‘ylab davom etadi.

 

Barchaga bayram muborak bo‘lsin!

 

Qo‘shko‘pir tuman hokimligi matbuot xizmati

 

 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари