O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlarni bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-1032-sonli Qonuni qabul qilinganligi, ushbu qonun bilan qonunning 8-moddasining birinchi qismi “Issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilar — tegishincha issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berish yuzasidan xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risidagi da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilganda” deb,  47-band bilan, 9-moddasining birinchi qismi “Issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilar — tegishincha issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berish yuzasidan xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risidagi da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilganda” deb, 29-band bilan to‘ldirildi. 
Shuningdek, qonun ilovasining 7-bandi “g” kichik bandi  “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan chet el tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish hamda uning amal qilish muddatlarini amal qilishning har bir yili uchun uzaytirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining qirq sakkiz baravari miqdorida davlat boji to‘lanishi belgilandi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur Qonun iste’molchilar tomonidan qarzlarning o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashga, aholining sifatli issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga, shuningdek chet el tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilganlik uchun davlat boji to‘lash tartibini aniqlashtirishga xizmat qiladi.


Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qo‘shko‘pir tuman sudining raisi F.Ismoilov


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари