O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyada “Sud hokimiyati”
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tuman sudining raisi F.Ismoilov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyada “Sud hokimiyati” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Joriy yilning 20 noyabr kuni Qo‘shko‘pir tuman 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tuman sudining raisi Furqat Ismoilov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyada “Sud hokimiyati” mavzusida ochiq huquqiy targ‘ibot bo‘yicha dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mazkur maktabning 9-10-11-sinf o‘quvchilariga huquqiy maslahatlar va kelgusida o‘z hayoti davomida zarur bo‘ladigan tavsiyalar berib, dars jarayoni mazmunga boy va nihoyatda qiziqarli tarzda davom etdi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarda taassurot uyg‘otdi. Shu bilan bir qatorda, barcha o‘quvchilar o‘zini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etib, to‘liq javoblar olishdi. Ayniqsa, huquqshunos va davlat organlari xodimi bo‘lishni orzu qilgan o‘quvchilarga jamiyatda yurish-turish qoidalari hamda huquqiy adabiyotlarni mutola qilish kabi bir qator maslahatlari bilan o‘rtoqlashish imkonini ham berdi. Dars mashg‘uloti davomida, o‘quvchi yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatning asosiy qonuni bo‘lib, unda belgilab qo‘yilgan norma talablariga rioya qilish har bir fuqaroning burchi ekanligi va majburiyatlar borasida ham tushuntirishlar berdi. Konstitutsiyaviy huquqning predmeti – konstitutsiyaviy nomalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar bo‘lib, shuningdek, Konstitutsiya – huquqiy davlatning asosiy belgisi ekanligi, u vatanimiz ravnaqi, jamiyatimizning rivoji hamda inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyati o‘ziga xosligi bilan alohida muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda, jamiyatda qonuniylik va sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlashda ham o‘rni beqiyosligini qonunlar misolida tushuntirib o‘tdi. Mustaqil sud hokimiyati har bir fuqaroning vakolatli va xolis sudda ishni oshkora ko‘rish orqali o‘zining buzulgan huquqlarini himoya qilish mumkinligiga kafolat bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan mustaqil holda ish yuritadi deb Konstitutsiyaning 130-moddasida mustahkamlangan. Mustaqil va xolis sudda talab qilish har bir insonning huquqidir.
O‘zbekiston Respublikasi sudlar to‘g‘risidagi qonunning 2-moddasida Sud tizimi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi; harbiy sudlar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari; fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari; jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari; tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari; tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir. Sudning asosiy vazifalari fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari, xalqaro shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat ekanligi Sudlar to‘g‘risidagi qonunning 4-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan.
Sud hujjatlarining majburiyligi va uni ijro etmaslik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqarishi yuzasidan ham o‘z so‘zida tilga olib o‘tdi. Jumladan, Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.
Qonun va sud oldidagi tenglik, ya’ni barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi hamda ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengdir. Korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar ham qonun va sud oldida tengdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida bajarilishi majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais o‘rinbosari etib saylanishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining mustaqil organi bo‘lib, u sudyalar korpusining shakllantirilishini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi va uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, rais o‘rinbosari etib saylanishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Sudyalar muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmaydi. Sudyalar daxlsizdir. Davlat sudyaning va uning oila a’zolarining xavfsizligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yoxud qonunga muvofiq boshqa tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
Odil sudlovni amalga oshirishda har bir kishiga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida himoyalanish huquqi ta’minlanadi.
Aybsizlik prezumpsiyasi, ya’ni Ayblanuvchi, uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmagunga va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga qadar, aybsiz hisoblanib, hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi mumkin emasligi ham belgilab qo‘yilgan. Sudyalar mustaqil bo‘lib, faqat qonunga bo‘ysunishlari, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi kabi muhim normalar mustahkamlab qo‘yilgan. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emasligi haqida qonunda belgilab qo‘yilganligini o‘z nutqida tilga olib o‘tdi.
Sudning asosiy vazifalari fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari, xalqaro shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Sud hujjatlarining majburiyligi Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart. Sud hujjatini ijro etmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Qonun va sud oldidagi tenglik, ya’ni barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi hamda ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengdir. Korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar ham qonun va sud oldida tengdir.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir
tuman sudining raisi Furqat Ismoilov Jumanazarovich