O‘zbekistonda 1 maydan nimalar o‘zgaradi?


- Aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlandi. 1 maydan boshlab maishiy iste’molchilar (aholi xonadonlari) uchun ijtimoiy (bazaviy) me’yorlar kiritiladi; 

- 6 ta daryo (Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo) o‘zanida shag‘al qazish taqiqlanadi; 

-Tadbirkorlik sub’yektlariga jamoat joylari, ijtimoiy ob’yektlar va aholi punktlarining belgilangan joylarida sanitariya-gigiyena shoxobchalari tashkil etish huquqi beriladi; 

- Nogironlar uchun “yugur-yugur” kamayadi; 
- O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport, musiqa, hunarmandchilik yo‘nalishida to‘garaklar yo‘lga qo‘yiladi; 
- Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari uchun yangi majburiy to‘lovlar va yig‘imlar faqatgina qonunda belgilash amaliyoti kiritiladi; 

- "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi negizida ishlab chiqilgan "edo.ijro.uz" moduli orqali elektron hujjat aylanish tizimiga o‘tkaziladi; 
- 17 ta turdagi xulosalar DXM va YAIDXP orqali beriladi; 
- Har bir hududda kuchli zilzilada aholini qutqarish ishlariga jalb etish uchun volontyorlik guruhlarini shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. 


"Yuksalish" harakati Xorazm viloyati hududiy 
bo‘linmasi rahbari, biloyat kengashi deputati  S.S.Abdikarimova


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари