OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH KUN TARTIBIDAGI DOLZARB MASALA BO‘LDI
OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH KUN TARTIBIDAGI DOLZARB MASALA BO‘LDI
Bosh vazir o'rinbosari Zulayho Mahkamova oilalarda ajrimlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, tеgishli tashkilotlar hamkorligida olib borilayotgan bir qator vazifalar ijrosini o'rganish maqsadida Qo'shko'pir tumanida bo'lib, amaliy sеminarda ishtirok etdi.
Unda tuman, shahar oila va xotin-qizlar bo'limlari boshliqlari, mahalla xotin-qizlar faollari, "Oqila ayollar" harakati a'zolari, otinoyilar, imom-xatiblar va bir qator mas'ul tashkilotlar vakillari qatnashdilar.
Seminar davomida tumanda oilalarni mustahkamlash, ularda sog'lom ma'naviy-axloqiy muhitni qaror toptirish, kеlib chiqishi mumkin bo'lgan turli xil nizoli holatlarning oldini olish maqsadida ko‘rilayotgan choralar tahliliy muhokama etildi. Bu yuzadan tuman hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Sayyora Xudayberganovaning hisoboti tinglandi.
Shuningdеk, seminarda huquq-tartibot idoralari mas'ullari, tegishli tashkilotlar vakillari, "Oqila ayollar" harakati a'zolari, mahalla xotin-qizlar faollarining mavzuga oid ma'ruzalari o‘qib eshittirildi.
Sеminar davomida o‘tgan davr mobaynida tuman miqyosida oilaviy ajrim holatlari qayd etilmagan G'alaba va Yoshlik mahallalari namuna sifatida e'tirof etildi.
Mahallasida oilaviy ajrimlar yuzaga kеlayotgan mahalla xotin-qizlar faollariga esa hamkor tashkilotlar, ya'ni, prokuratura, ichki ishlar, adliya organlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, tibbiyot birlashmasi va boshqa bir qator hamkor idora-tashkilotlarning mas'ul xodimlari, shuningdek, Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari vakillari, "Oqila ayollar" harakati a'zolari, ko'chaboshlar bilan birgalikdagi ishlarni tizimli ravishda olib borish va bu borada yetarlicha samaradorlikka erishish zarurligi ta'kidlab o'tildi.
Seminar yakunida faol mahalla xotin-qizlari “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandilar.
QO‘SHKO‘PIR TUMАNI HOKIMLIGI АXBOROT XIZMАTI