OILAVIY POLIKLINIKA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Qo‘shko‘pir tumani Nezaxos mahallasida Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Sodiqjon Sodiqov,  tuman hokimi Shuxrat Ahmedov, sektor rahbarlari, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida 17-sonli oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi. 

Oilaviy poliklinikaning ochilish tadbirida Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Sodiqjon Sodiqov so‘zga chiqib, shifokorlik og‘ir, juda mas’uliyatli kasb ekanligi, kasbga vijdonan, bilim va chuqur salohiyat bilan yondoshish lozimligi, bu oraqli elga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish kerakligini aytib o‘tdi. 

Aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida ushbu tibbiyot muassasasining faoliyat boshlagani mahalla ahli uchun quvonchli voqea hamda bayramga yangi tuhfa bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. 

QO‘SHKO‘PIR TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари