Ochiq muloqot

Qo‘shko‘pir tuman hokimligida "Eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar" mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Meva-sabzavotchilik quyi tarmog‘i O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i hisoblanadi. Bu tarmoq mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, qayta ishlash sanoati tarmoqlarining esa xomashyoga bo‘lgan talabini qondiradi. Meva-sabzavotchilik O‘zbekiston uchun jahon agrar va oziq-ovqat bozorlariga integratsiyalashuvni va valyuta tushumini ta’minlab beruvchi tarmoqlardan biri hisoblanadi.

Muloqot davomida tuman hokimi Shuhrat Axmedov tumanda esportbop mahsulotlar salmog‘ini oshirish kerakligi, bu borada mutahassislarni jalb qilib, kerakli shart-sharoitlarni yaratish, meva-sabzavotlarni yetishtirish hamda  uni jahon bozorlariga sotish bo‘yicha kerakli tavsiya va topshiriqlar berib o‘tdi.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари