Ochiq muloqot tashkil etildi
Qo‘shko‘pir tumanining Shixmashhad mahallasida “Ayolning jamiyatdagi va oiladagi o‘rni” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkor ayollar faoliyati ko‘pchilikka namuna sifatida ko‘rsatib berildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sayyora Xudayberganova ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida tadbirkor ayollar faoliyati bilan tanishildi.
Mahalladagi ishga layoqatli va bugungi kunda ishsiz bo‘lgan ayollar tadbirkor ayollardan o‘rnak olishlari uchun uchrashuvlar tashkil etildi.
Tadbirda OAV xodimlari ham ishtirok etdilar.